Export menejer
Описание вакансии
Vazifalar:
— Eksport yo‘nalishi bo‘yicha yangi mijozlar va hamkorlarni izlash;
— Xorijiy mijozlar bilan muzokaralar olib borish va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
— Kompaniya mahsulotlarini xorijiy bozorlarga taklif qilish va sotuvni tashkil etish;
— Mijozlarning talab va ehtiyojlarini o‘rganish;
— Tijorat takliflari va shartnomalarni tayyorlash;
— Eksport buyurtmalari va yetkazib berish jarayonlarini nazorat qilish;
— Eksport hujjatlari va tegishli ma’lumotlar bilan ishlash;
— Amaldagi mijozlar bilan aloqalarni saqlash va yangi hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantirish.
Talablar:— Eksport, savdo yoki xalqaro savdo yo‘nalishida ish tajribasi;
— Ingliz va/yoki rus tilini yaxshi bilish;
— Muzokaralar olib borish va ishbilarmonlik muloqoti ko‘nikmasi;
— Microsoft Office dasturlaridan foydalana olish;
— Xalqaro savdo va eksport jarayonlari haqida boshlang‘ich bilimga ega bo‘lish;
— Mas’uliyatlilik, faollik va tashabbuskorlik;
— Jamoa bilan ishlash va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati.
Shartlar:— Xalqaro kompaniyada ishlash imkoniyati;
— Rasmiy ishga joylashish;
— Barqaror va o‘z vaqtida to‘lanadigan ish haqi;
— Tushlik kompaniya hisobidan;
— Qulay ofis sharoitlari;
— Do‘stona jamoa va kasbiy rivojlanish imkoniyati.
Местоположение вакансии
О компании «AREBOR BUSINESS NETWORK»

Arebor — O‘zbekistondagi B2B marketplace va savdo platformasi. Kompaniya mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ulgurji sotuvchilar va distribyutorlarni xalqaro B2B xaridorlar bilan bog‘laydi. Arebor orqali bizneslar mahsulotlarni topish, sotib olish, sotish va yetkazib berish jarayonlarini yagona platforma orqali amalga oshirishi mumkin.