Mebel karkasini, qiyshiq chokni, matodagi burmani yoki o‘lchamdagi farqni tez payqaysizmi? Sinchkovligingiz bilan har bir divan va kresloning mijozga sifatli holatda yetib borishiga hissa qo‘shasiz. Ish nimalardan ...
Yumshoq mebel sexiga tikuvchi kerak
Описание вакансии
Tikishni yaxshi bilsangiz va choklaringiz tekis, puxta chiqsa, sizni ishga taklif qilamiz. Matoni bichishni ham bilsangiz, bu sizga ustunlik beradi.
Mebel sexida ishlamagan bo‘lsangiz ham, murojaat qilavering. Yumshoq mebel qoplamalarini yuruvchi lapkali sanoat tikuv mashinasida («шагающая лапка») tikishni ish jarayonida o‘rgatamiz.
- Oylik — 4 000 000 dan 8 000 000 so‘mgacha
- Tushlik — ishxona hisobidan
- Sinov muddati — 3 kun
- Manzil — Toshkent, Yunusobod tumani, «Zenit» zavodi
Telegram’da * ga «TIKUVCHI» deb yozing. Ismingizni va tikuvchilik tajribangizni qisqacha ayting.
