📣 PERLA kompaniyasi ishga taklif qiladi!👥 SAVDO VAKILI📍 Hudud: Sergeli tumani Talablar: Savdo sohasida ish tajribasi bo‘lishi Hududni yaxshi bilish Faol savdo olib borish ko‘nikmasi Mijozlar bilan muzokara olib borish ...
Savdo vakili / B2B Sales Agent
Описание вакансии
Bonusly jamoasiga savdo vakillarini taklif qilamiz!
Bonusly — bizneslarga doimiy mijozlar sonini ko‘paytirish va savdolarini oshirishga yordam beruvchi zamonaviy IT platforma.
Jamoamizga sotuv tajribasiga ega, faol, tashabbuskor va odamlar bilan tez til topisha oladigan xodimlarni qidirmoqdamiz.
Talablar:
O‘zbek va rus tillarida erkin suhbatlasha olish;
Sotuv sohasida ish tajribasiga ega bo‘lish;
Biznes egalari bilan mustaqil muzokara olib borish;
Faollik, chaqqonlik va xushmuomalalik;
Mas’uliyatli bo‘lish va natijaga intilish;
Smartfon va zamonaviy ilovalardan bemalol foydalana olish.
Vazifalar:
Kafe, restoran, do‘kon va boshqa bizneslarga bevosita tashrif buyurish;
Biznes egalari bilan uchrashish, Bonusly platformasini tanishtirish va sotish;
Onlayn va oflayn orqali yangi mijozlarni mustaqil izlash;
Mijozlarga platformaning imkoniyatlari va afzalliklarini tushuntirish;
Yangi bizneslarni Bonusly tizimiga ulash;
Sotuv rejasini bajarish va kunlik hisobot yuritish.
Sharoitlar:
Fiks oylik — 1 000 000 so‘m;
Har bir yangi oylik obuna sotuvdan 50% komissiya;
Yillik obuna sotuvdan 20% komissiya;
Reja bajarilganda 500 000 – 1 000 000 so‘m qo‘shimcha bonus;
Daromad sotuv natijalariga bog‘liq va cheklanmagan;
Bonusly platformasi bo‘yicha to‘liq trening;
Rivojlanayotgan IT loyihasida professional va karyeraviy o‘sish imkoniyati.
Biz sizga mahsulotimiz qanday ishlashini to‘liq o‘rgatamiz. Sizdan esa yaxshi muloqot, faol sotuv va natija kutamiz.
Ish hududi: Toshkent shahri va O‘zbekistonning viloyat markazlari.
