компания imkon trade sentr vazifalar: savdo agenti — filialga mijozlarni koʻproq jalb qilish va savdoni oshirish bilan shugʻullanadigan xodim. uni filialning marketing mutaxassisi deb ham atash mumkin.u ikki ...
Savdo agenti
Описание вакансии
Vazifalar:
- Savdo agenti — filialga mijozlarni koʻproq jalb qilish va savdoni oshirish bilan shugʻullanadigan xodim. Uni filialning marketing mutaxassisi deb ham atash mumkin.
U ikki yoʻnalishda ishlaydi: 1) hududlarga chiqib — maktab, bogʻcha, davlat tashkilotlari va korxonalarga borib, IMKONʼdagi aksiyalar va imkoniyatlarni tanishtiradi, yangi mijozlar jalb qiladi; 2) onlayn — filialning Telegram kanali/guruhi va Instagram sahifasini yuritadi, aksiyalarni eʼlon qiladi, kelgan savollarga javob beradi.
Savdo agenti toʻgʻridan-toʻgʻri zalda sotmaydi, lekin uning ishi natijasida zalga koʻproq mijoz keladi. Shuning uchun u kompaniya yuzi: u aytgan har bir gap, eʼlon qilgan har bir aksiya aniq va halol boʻlishi kerak.
Talablar:
- O‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot;
- Muloqot qilish va muzokara olib borish qobiliyati;
- Mas’uliyatli, intizomli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish;
- Stressli vaziyatlarda ishlay olish;
- Kompyuter va axborot tizimlaridan foydalana olish;
- O‘zbek tilini mukammal bilish, rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
Shartlar:
- Rasmiy ishga qabul qilish;
- Barqaror ish haqi va bonus tizimi;
- Oylik maosh + KPI asosida qo‘shimcha mukofot;
- Belgilangan ish jadvali;
- Qulay va zamonaviy ish muhiti;
- Kasbiy va martaba o‘sishi imkoniyati;
- Korporativ trening va rivojlanish dasturlari;
- Professional va ahil jamoada ishlash.
Местоположение вакансии
Метки
О компании «IMKON TRADE SENTR»

IMKON savdo markazlari tarmog‘i o‘z faoliyatini 2012-yil 23-may kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumanida ilk filialini ochish bilan boshlagan. Bugungi kunda kompaniya respublika bo‘ylab 11 ta viloyatda 51 ta faol filialga ega.
IMKON — bu shunchaki savdo tarmog‘i emas, balki barqaror ish o‘rni, professional rivojlanish va jamoaviy o‘sish maydonidir. Kompaniyada har bir xodimning hissasi qadrlanadi, tashabbus va mas’uliyat esa rag‘batlantiriladi.
“Oilaviy taraqiyot sari” shiori ostida faoliyat yurituvchi IMKON savdo markazlari aholiga 5 000 dan ortiq turdagi mahsulotlarni — yirik va mayda maishiy texnika, sport anjomlari, idish-tovoqlar hamda mebel mahsulotlarini taklif etadi. Shu bilan birga, kompaniya mijozlar bilan bir qatorda o‘z xodimlari uchun ham qulay va barqaror muhit yaratishga alohida e’tibor qaratadi.
IMKON jamoasi — bu doimiy o‘rganish, ichki o‘sish imkoniyatlari, korporativ madaniyat va uzoq muddatli hamkorlikni qadrlaydigan jamoa. Biz birgalikda rivojlanishga, natijaga yo‘naltirilgan ishlashga va har bir xodimning salohiyatini ochishga intilamiz.