Откликнуться на Careerist
Описание вакансии
компания "imkon trade sentr"
vazifalar:
- savdo agenti — filialga mijozlarni koʻproq jalb qilish va savdoni oshirish bilan shugʻullanadigan xodim. uni filialning marketing mutaxassisi deb ham atash mumkin.
u ikki yoʻnalishda ishlaydi: 1) hududlarga chiqib — maktab, bogʻcha, davlat tashkilotlari va korxonalarga borib, imkonʼdagi aksiyalar va imkoniyatlarni tanishtiradi, yangi mijozlar jalb qiladi; 2) onlayn — filialning telegram kanali/guruhi va instagram sahifasini yuritadi, aksiyalarni eʼlon qiladi, kelgan savollarga javob beradi.
savdo agenti toʻgʻridan-toʻgʻri zalda sotmaydi, lekin uning ishi natijasida zalga koʻproq mijoz keladi. shuning uchun u kompaniya yuzi: u aytgan har bir gap, eʼlon qilgan har bir aksiya aniq va halol boʻlishi kerak.
talablar:
- o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot;
- muloqot qilish va muzokara olib borish qobiliyati;
- mas’uliyatli, intizomli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish;
- stressli vaziyatlarda ishlay olish;
- kompyuter va axborot tizimlaridan foydalana olish;
- o‘zbek tilini mukammal bilish, rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
shartlar:
- rasmiy ishga qabul qilish;
- barqaror ish haqi va bonus tizimi;
- oylik maosh + kpi asosida qo‘shimcha mukofot;
- belgilangan ish jadvali;
- qulay va zamonaviy ish muhiti;
- kasbiy va martaba o‘sishi imkoniyati;
- korporativ trening va rivojlanish dasturlari;
- professional va ahil jamoada ishlash.